AsosiyIqtisodiyot

Butunjahon farovonlik indeksi: O`zbekiston nechanchi pog`onada?

'Butunjahon farovonlik indeksi: O`zbekiston nechanchi pog`onada?'ning rasmi

Yangi butunjahon farovonlik indeksi e`lon qilindi. Legatum Prosperity Index’da O`zbekiston 167 davlat orasidan 103 o`rinni egalladi.

Legatum Institute tashkiloti ro`yxatni shakllantirishda 9 ta omilga e`tibor qaratgan:
• Iqtisodiyot darajasi;
• Biznes muhiti;
• Davlat boshqaruvi;
• Shaxsiy erkinlik;
• Ijtimoiy kapital;
• Xavfsizlik;
• Ta`lim;
• Sog`liqni saqlash;
• Atrof-muhit muhofazasi.

O`zbekiston ijtimoiy kapital va sog`liqni saqlash sohalarida yaxshi ko`rsatkichlarga ega (22 hamda 41-o`rinda). Biroq boshqa ko`rsatkichlarda ancha orqada, ayniqsa, atrof-muhit muhofazasida nihoyatda salbiy ko`rsatkich qayd etgan (160-o`rin).

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog`iston (68-o`rin), Qirg`iziston (88-o`rin) bizga nisbatan yaxshiroq pog`onada. Turkmaniston (108-o`rin) va Tojikiston (114-o`rin) esa biroz quyiroqda.
Umumiy ro`yxatning dastlabki beshligida Daniya, Norvegiya, Shvesariya, Shvesiya hamda Finlandiya o`rin egallangan.

Boshqa yangiliklar