1

Karlush Keyrush: Benjamin Uilyams qarorini tushuntirishi uchun tiz cho`kishga tayyorman

Sport 24.01.2015, 18:15
Karlush Keyrush: Benjamin Uilyams qarorini tushuntirishi uchun tiz cho`kishga tayyorman

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Osiyo Kubogi chorak finalida Iroqqa qarshi kechgan uchrashuvdan so`ng fikr bildirarkan, nima uchun hakam Benjamin Uilyams eronliklar himoyachisi Mehridod Po`lodiyni maydondan chetlatganini tushuntirib berishini so`radi.
"Qiziq, hakam uxlab qolishi mumkinmidi? Men hakam nima sababdan Po`lodiyni chetlatganini tushuntirib berishi uchun tiz cho`kishga tayyorman. Hakam nima sababdan bunday qarorga kelganini tushuntirib berishini so`rayman. Axir bu qaror bizni uyga qaytishga majbur qildi.
Hakamning ishiga baho berishni istamayman, chunki bunday holatda mening murabbiylik faoliyatim yakuniga etadi", - deydi Keyrush.
Eslatib o`tamiz, Osiyo Kubogi doirasida kechgan Eron - Iroq o`yinida 3:3 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasiga ko`ra Iroq yarim finalga chiqqan edi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, Benjamin Uilyams Saudiya Arabistoni - O`zbekiston o`yinida ham arablar foydasiga shubhali qarorlar qabul qilgan va bitta noo`rin penalti belgilagan edi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1