AsosiyShou-biznes

“Serenada ijod” guruhi yana qizg`in ijod bilan band

O`tgan yilning so`nggida o`zining ilk yakaxon konsert dasturini taqdim etgan “Serenada ijod” guruhi yana qizg`in ijod bilan mashg`ul. Katta konsert dasturi jonli tarzda o`tganidan xabaringiz bor, buning esa o`ziga yarasha mashaqqatlari bo`ladi.Tinimsiz tayyorgarlik jarayonlari, qolaversa, ilk katta dasturni keng ommaga namoyish etish ma`suliyati kuchli.

Muvaffaqiyatli o`tgan konsertdan so`ng jamoa biroz muddatga hordiq olish uchun vaqt ajratishdi. Endi esa, yangi g`oyalar va yaxshi kayfiyat bilan ijodga kirishishgan.

Guruh yigitlarining xabar berishicha, tez kunda muxlislar uchun yangi tarona tuhfa etishadi. Yangi kompozisiyaning nomi “Chakkasida atirgul” deb nomlangan, uning matni Gavhar Sharipova qalamiga mansub, musiqasini esa Nodir Toshho`jaev bastalagan.

Profesional sozandalardan tashkil topgan “Serenada ijod” guruhi har bir ijod namunasi ustida aytoydil mehnat qilib qiyinchiliklardan cho`chishmaydi.

    Boshqa yangiliklar