AsosiyDunyo

Xelsinki: 2050 yilda yanada yaxshiroq ko`rinish oladi

Finlyandiya poytaxti ma`muriyati 2050 yilga kelib Xelsinkini dunyodagi eng ekologik shaharlardan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda. Yaqinda bu shaharda avtomobillarga ehtiyoj qolmaydi, ularning o`rnini buyurtma bo`yicha keladigan avtobuslar egallaydi.

Xelsinki ma`muriyati shaharning an`naviy – shahar markazi → shahar cheti → shahar tashqarisi tarzidagi ko`rinishini klasterli ko`rinishga almashtirishga qaror qildi. Bunda har bir tuman o`zining biznes markazlari va aholi turadigan hududlariga ega bo`ladi. Shunda odamlar mashinalardan kamroq foydalanishadi va ishxonalariga piyoda yoki velosipedda boradilar. 

Shaharning rejalashtirilishiga javob beradigan Rixard Mannienning fikricha, aholi sonining ko`payishiga qaramasdan, avtomobillar miqdori ko`payishi kerak emas. Uning so`zlaricha, jamoat transporti tarmog`ini yaxshilash va shaharning aholi yashaydigan hududini kengaytirish orqali bunga erishsa bo`ladi. 

Yangi Xelsinkining loyihasida mashinalar bilan to`lib-toshib yotadigan ko`chalar chetlarida velosipedlar yurishi uchun mo`ljallangan yo`lovchilar uchun mo`ljallangan ko`chalarga aylanadi. Bu ko`chalar orqali aholi ishga, o`qishga yoki do`konlarga piyoda borishlari mumkin bo`ladi. 

To`xtang-chi, unda shaharning narigi chekkasida yashaydigan buvingizning uyiga qanday borasiz? Metro, tramvay yoki maxsus Kutsuplyus (buyurtma bo`yicha keladigan avbotus)lardan birida etib olasiz. 2025 yilda jamoat transportida safarlarni rejalashtirish xizmati ishga tushishi hisobga olinsa, “katta” shahar bo`ylab harakatlanish mashinada harakatlanishdek oson bo`lib qoladi. 

Shaharda turar-joy binolari, do`kon va boshqa inshootlarning ko`payishiga qaramasdan, shahar hududidagi daraxtlarni kesib tashlash emas, aksincha, ularning miqdorini ko`paytirish rejalashtirilmoqda. 

Hozirda Xelsinkida “5 ta barmoq” deb ataladigan bog`lar tarmog`i mavjud. Shahardagi eng katta bog` Fin ko`rfazi sohilida joylashgan, kichikroq bog`lar – “barmoqlar” esa shahar chetiga qarab ketgan bo`lib, u erda o`rmon bilan tutashadi. Barcha qurilish ishlari tashlandiq hududlarda, mavjud tumanlar va hozirda avtomobil trassalari o`tgan joylarda olib boriladi.

Xom xayol, orzular deysizmi? Bunga shubha bilan qarayotganlar “fastcoexist.com”da o`zaro fikr almashayotgan bir paytda, loyiha rahbarlari uning bu yilda ma`qullanishiga umid bildirmoqdalar. Bu loyihaning to`liq rejasi joriy yilning ferval oyi oxirida namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar