1

O`zbekistondagi aloqa operatorlaridan biri o`z nomini o`zgartirdi

Iqtisodiyot 02.12.2019, 15:37
O`zbekistondagi aloqa operatorlaridan biri o`z nomini o`zgartirdi

2 dekabr kuni Toshkentda Mobiuz bredining taqdimoti  bo`lib o`tdi. UMS mobil operatori endi aynan shu nom ostida faoliyat yuritadi. 

Taqdimotda so`zga so`zga chiqqan kompaniya bosh direktori Sobir Aripovning ta`kidlashicha, UMS brendining har tomonlama tahlili kompaniya o`zining uzoq muddatli strategiyasini ro`yobga chiqarish uchun transformasiyaga ehtiyoj sezishini ko`rsatgan. Tadbirda yangi nom ostida faoliyat ko`rsatadigan operator o`z mijozlariga taqdim etadigan yangi, zamonaviy xizmat turlari haqida ham ma`lumot berildi. 

UMS (Universal Mobile Systems) aloqa operatori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 iyuldagi №208-sonli qaroriga asosan tashkil etilgandi. 

Eslatib o`tamiz, ayni paytda mamlakatimzida O`zbekistonda 5 ta mobil aloqa operatorlari hamda 5 ta simli telefon aloqasi xizmati faoliyat ko`rsatmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1