AsosiyDunyo

Filippinda jinoiy guruh bilan otishma yuz berishi oqibatida 49 polisiyachi halok bo`ldi

Filippin janubida o`rnashib olgan jinoiy guruh bilan to`qnashuv oqibatida filippinlik 49 nafar polisiya xodimi halok bo`lgan. Bu haqda Agence France-Presse ma`lumotlariga tayanib, kun.uz xabar beradi.

Voqea Mamasapano shahri ko`chalarida yuz berib, 11 soat davom etgan. Bu voqeadan biroz oldinroq, Mindanao orolidagi Zamboanga shahrida kishilarning o`limiga sabab bo`luvchi qo`poruvchilik harakati sodir etilgan.

Xabar qilinishicha, Filippindagi islomiy kuchlar 40 yildan beri hukumatga qarshi kurashib keladi. Bu tashkilot sodir etgan teraktlar oqibatida qurbon bo`lganlar soni hozirga kelib, 150 mingdan ko`proqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar