1

Ravshan Ermatov Avstraliya - BAA uchrashuvini boshqaradi

Sport 26.01.2015, 15:37
Ravshan Ermatov Avstraliya - BAA uchrashuvini boshqaradi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo Kubogi yarim finalidan o`rin olgan Avstraliya va BAA terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

27 yanvar kuni bo`lib o`tadigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov (O`zbekiston) hamda Bahodir Qo`chqorov (Qirg`iziston) yordam berishadi.

Eslatib o`tamiz, o`zbekistonlik referi bungacha Osiyo Kubogi-2015 bahslarida uchta uchrashuvda, jumladan musobaqaning ochilish o`yini Avstraliya - Kuvayt, 2-tur doirasida Qatar va Eron hamda 3-tur doirasidagi Yaponi hamda Iordaniya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlarni boshqargan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1