AsosiyDunyo

Mitti gazeta: Terra nostra

Portugaliyaning Terra Nostra («Bizning er» nashri Ginnes rekordlari kitobiga kirgan dunyodagi eng kichik shakldagi gazetani cheklangan adadda chop etdi. Uning vazni 1 grammga yaqin bo`lib, hajmi 18,27 - 25,35 mm.ni tashkil qildi.

Kichik Terra Nostra Portugaliyaning Nova Gráfica nashriyotida 3 ming nusxada chop etildi.

Rekord darajadagi kichik gazetani chop etish uchun original gazetadan ko`ra ko`proq vaqt talab etildi. Terra Nostraning mini-varianti ham original gazeta bilan bir xil tarzda tarqatildi.

Avval eng kichik gazeta 2007 yilning 8 noyabr kuni nashr etilgan First News gazetasi hisoblangan. Ushbu gazetaning hajmi 32 mm. - 22 mm. tashkil qilgan. Bu Amerikaning Newsbridge kompaniyasiga qarashli haftalik bolalar nashri edi.

    Boshqa yangiliklar