AsosiySIYOSAT

Dushanbe va Toshkent hamkorlik bitimi imzolandi

Toshkent shahar hokimligida Dushanbe shahri raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegasiy...

'Dushanbe va Toshkent hamkorlik bitimi imzolandi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida Dushanbe shahri raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegasiya bilan o`tkazilgan uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalasini muhokama etishdi.

Toshkent shahar hokimi o`zbek va tojik xalqlarini ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik, yagona din, o`xshash madaniyat, urf-odat va an`analar bir-biriga mustahkam bog`lab turishini e`tirof etdi va Toshkent Dushanbe bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Rustam Imomoli samimiy qabul va do`stona muhit uchun minnatdorligini izhor etib, Toshkentdagi o`zgarish va yangilanishlar jarayoni ular uchun qiziqarli ekanligini, Dushanbe tomoni poytaxtimizning qurilish sohasidagi tajribasi bilan tanishish niyatidaligini ma`lum qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Dushanbeda Toshkent kunlarini tashkil etish va uning doirasida yoshlar forumini o`tkazish rejalashtirilayotganligini aytib o`tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari o`rtasida 2020-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining Toshkent shahri va Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahri ijroiya qo`mitalari o`rtasida savdo-iqtiosdiy va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda bajariladigan tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan bitim imzolandi.


 

    Boshqa yangiliklar