1

2014 yil O`zbekiston pochta tizimidagi 68 ta transport vositasiga GPS moslamalari o`rnatildi

Hi-tech 27.01.2015, 09:52
2014 yil O`zbekiston pochta tizimidagi 68 ta transport vositasiga GPS moslamalari o`rnatildi

Pochta jo`natmalarini etkazib berish vaqtini qisqartirish maqsadida 2014 yil O`zbekistonda pochta tizimiga 483 ta marshrut bo`yicha harakatlanadigan 114 ta transport vositasi jalb qilindi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi Hay`atining 2014 yilda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag`ishlangan majlisida qayd etildi.

2014 yil 1 oktyabridan boshlab «O`zbekiston pochtasi» OAJ buyurtmali, baholangan va qo`ldan qo`lga etkazib beriladigan (Express) xalqaro pochta jo`natmalari qidiruvi bo`yicha e`tiroznomalarni pochta operatorlariga elektron shaklda almashish imkoniyatini beruvchi Butunjahon pochta ittifoqining PRIME tizimiga ulandi.

«O`zbekiston pochtasi» OAJning korporativ tarmog`i orqali aholiga elektron pul jo`natmalarini yuborish, gibrid pul o`tkazmalarini etkazib berish, to`lovlarni qabul qilish, nafaqalar to`lovini hisobga olish, pochta jo`natmalari monitoringini yurgizish kabi xizmatlar ko`rsatilmoqda.

Korporativ tarmoqqa ulangan avtomatlashtirilgan ish o`rinlari soni 2758 taga etkazildi. Shu bilan birga, 15 ta filial, 174 ta pochta uzeli va 1,522 ta bo`linmalar mazkur tarmoqqa ulangan.

Pochta tizimidagi 68 ta transport vositasiga GPS moslamalari o`rnatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1