«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo`nalishlarda yo`lovchilarga chegirmalar taqdim etadi.
Mazkur chegirmalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur chegirmalar Nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50%, Oliy o`quv yurtlari talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun 15% tashkil qiladi.
Bundan tashqari oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda), kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) chegirmalar 15% etib belgilangan.
«Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga 10% chegirma beriladi.