AsosiyDunyo

140 ming inson qizamiq tufayli vafot etgan. Achinarlisi ularning aksariyatini bolalar tashkil etadi

'140 ming inson qizamiq tufayli vafot etgan. Achinarlisi ularning aksariyatini bolalar tashkil etadi'ning rasmi

O`tkir yuqumli kasallik hioblanuvchi qizamiq dunyoning barcha mintaqalarida tarqalmoqda. 5-dekabr kuni Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)xabar berishicha,  2018-yilda qariyb 10 million odam qizamiqni yuqtirgan bo`lib, ulardan 140 ming nafari vafot etgan. Achinarlisi shundaki, qurbonlarning ko`pchiligini bu kasallika qarshi emlanmagan 5 yoshdan kichik bolalar tashkil qiladi. Bu haqda tarjimon.uz ma`lumot bermoqda. 

«Har qanday bolaning qizamiq kabi emlash orqali oldini olsa bo`ladigan kasallikdan o`lishi - bu dunyo bolalarini himoya qila olmaslikdir»,  dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreysus.

2019-yildagi holat esa yanada yomonroq. Shu yilning noyabrigacha bo`lgan davrda qizamiq o`tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar ko`paygan.Bu yil AQShda qizamiq bilan kasallanish bo`yicha so`nggi 25 yil ichida eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi.Evropaning to`rt mamlakati – Albaniya,  Chexiya,  Gresiya va Angliya,  2018-yilda «qizamiqdan holi hudud» holatini yo`qotgan bo`lib, bu davlatlarda ham kasallik avj olgan.

Jahon miqyosida qizamiqqa qarshi emlash ko`rsatkichlari deyarli o`n yillardan beri turg`un bo`lib kelmoqda,  deya xabar bermoqda JSST. Bu va YuNISEF bolalar jamg`armasining ta`kidlashicha,  2018-yilda dunyodagi bolalarning taxminan 86 foizi qizamiqqa qarshi birinchi emlashni qabul qilgan bo`lsa, ularning 70 foizdan kamrog`i ikkinchi marta emlangan.

Oktyabr oyida nashr etilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki,  qizamiq infeksiyasi nafaqat o`lim yoki jiddiy asoratlar,  jumladan pnevmoniya,  miya shikastlanishi,  ko`rlik va karlikni keltirib chiqarishi mumkin,  balki insonning immunitetiga bir necha oy yoki yillar davomida zarar etkazishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar