12 oy va siz sog`lomsiz!

Salomatlik 27.01.2015, 16:58
12 oy va siz sog`lomsiz!

Habibullo NIZOMOV, Toshkent shahar bodibilding va fitnes federasiyasi prezidenti, 5 karra O`zbekiston chempioni, sport ustasi: tamakining umr zavoli ekanligi allaqachon isbot talab qilmas haqiqatga aylangani rost. Ko`pchilik chekishni tashlab, organizmi uchun qanday foyda qilishini bilmaydi. Keling, bu haqida so`zlab bersam.

6 soat ichida:

Bugun ertalabdan chekishni tashlashga ahd qildingiz. Buni qarangki, tushga yaqin qondagi is gazining miqdori kamayib, qon tomirlari tozalana boshlaydi. Kislorodga to`yinib, yuragingiz zo`riqmay bir maromda uradi.

3 kunda:

 Tamaki ta`sirida yo`qolgan ta`m bilish sezgisi tiklanadi. Yoqimli iforlarni his etasiz. O`pkangizgi to`ldirib nafas olish imkoniyati tug`iladi. Taomlarni ham ishtaha bilan eysiz.

6 haftada:

Uzoq vaqt bezovta qilgan, ertalablari bo`g`ilib qolishingizga sabab bo`lgan yo`taldan halos bo`lasiz. 2-12 hafta ichida o`pka sig`imi 30 foizga kengayadi. Yo`tal, tumov, surunkali toliqish hamda tungi nafas qisishlari ortiq bezovta qilmaydi.

3 – oyda:

Jismoniy va ruhiy quvvatingiz tiklanadi. Shu bilan birga soch to`kilishidan ham forig` bo`lasiz.

9-oyda:

Chekishdan qutilgach,, yurak faoliyati bilan bog`liq kasalliklar xavfidan tashvishlanmasangiz ham bo`ladi. Har zamon yurak o`ynoqilashi ham endi cho`chitmaydi.

Bir yilda:

Uyqungiz yaxshilangan, mehnat unumdorligi ortgan asosiysi sog`lomsiz. Bu ishni 12 oy deganda amalga oshirdingiz. Natijasi esa bir umrga etadi.

 

OCh QORINGA EYILMAYDIGAN MAHSULOTLAR

Oziq-ovqat maxsulotlarining organizmga nojo`ya ta`siri bo`lmasligi uchun qaysilarini och qoringa eb bo`lmasligini bilib qo`ygan yaxshi. Zero ba`zilari aynan och qoringa iste`mol qilinishi bois ichki a`zolarda turli holatlarni keltirib chiqaradi.

Sitrus mevalari

Och qoringa eyilaganida me`da shillig`ini ta`sirlantirishi, gastrit hurujlari, allergik holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois apelsin sharbatini ichishdan oldin engil tamaddi qilishni unutmang.

Banan

Ushbu meva tarkibida magniy moddasi ko`p. Agar och qoringa bir dona banan esangiz ham organizmdagi kalsiy-magniy holatini izdan chiqarishingiz mumkin. Bu esa yurak faoliyati uchun foyda bo`lmaydi.

Xom sabzavotlar

Sabzavotlarni xomligicha eyishning foydali taraflari ko`p. Biroq  och qoringa emas. Tarkibidagi kislotalar me`da shillig`ini ta`sirlantirib, gastrit yoki oshqozon yarasiga sabab bo`lishi mumkin.

Yogurt

Buni qarangki, yogurtlarni ham och qoringa eb bo`lmas ekan. Ertalab organizmingiz yogurt tarkibidagi bakteriyalarga ehtiyoj sezmaydi. Shu bois shirin qatiqdek eyiladi, xolos. Yogurtni nonushtadan 2 soat o`tgach, iste`mol qilish ayni muddao.

Yaxna ichimliklar

Ertalabdan qabul qilingan yaxna ichimliklar oshqozoningizni qiynasa qiynaydiki, aslo foyda qilmaydi. Shuning uchun ham nonushtadan avval iliq holatdagi ichimliklarni tanlang.

Shirinliklar

Nonushtani shirinliklardan boshlash tavsiya etilmaydi. Chunki bu vaqtda  oshqozon osti bezi keraklicha insulin ishlab chiqarolmaydi. Yaxshisi, boshqa eguliklarni tanavul qilib, so`ng shirinlik eng.

Qahva

Och qoringa iste`mol qilingani aslo tetiklashtirmaydi. Qaytanga oshqozon shillig`ini zararlantirib, me`da suyuqligi ajralishini faollashtiradi. Bu esa gastrit yuzaga kelishi uchun qulay hodisa.

N.ILYoSOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1