8 ta farmon asosida 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o`tash joylaridan ozod qilindi

Siyosat 07.12.2019, 18:09
8 ta farmon asosida 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o`tash joylaridan ozod qilindi

Davlatimiz rahbari jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni uzluksiz davom ettirish, bu boradagi ko`nikmalarni farzandlar tarbiyasiga bolalikdan singdirish kerakligini ta`kidladi.

– Konstitusiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to`liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog`i lozim, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Bosh qomusimizda belgilangan insonparvar tamoyillar to`la amalga oshirilmoqda. So`nggi yillarda Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etish bo`yicha 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o`tash joylaridan ozod qilindi.

Ushbu bayram arafasida O`zbekiston rahbari yana bir shunday farmonga imzo chekdi. Unga binoan, jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo`lib, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan 92 nafar mahkum afv etildi.

Bu yil Jasliq qo`rg`onidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilgani ham insonparvar siyosatning amaliy namunasi bo`ldi. Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug`urta to`lash tartibi birinchi marta yo`lga qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1