Shavkat Mirziyoev 92 nafar mahbusni afv etdi

Siyosat 07.12.2019, 18:48
Shavkat Mirziyoev 92 nafar mahbusni afv etdi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o`tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko`ra, Konstitusiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi va bosh qomusimizning 93-moddasi 23-bandiga ko`ra ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan 92 nafar mahbus afv etilgan.

Afv etilganlardan 20 nafari jazodan to`liq ozod etiladi, 37 nafari — shartli ravishdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo engilrog`iga almashtiriladi, bir so`z bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probasiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish ko`rinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoshi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kishi muqaddam taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishgan.

Qarorni ijro etish doirasida vazirliklar va idoralarga afv etilgan shaxslarga oilasi va yaqinlari bag`riga qaytish, ijtimoiy moslashuv, foydali mehnatga jalb qilish, sog`lom turmush tarzini tanlash va jamiyatda munosib o`rin egallashda yordam ko`rsatish vazifasi yuklatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1