AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik gimnastikachi qiz Rigadagi sirk festivalida uchinchi o`rinni egalladi

Toshkent sirki artisti gimnastikachi Komila Hametova 23—26 yanvar kunlari Rigada bo`lib o`tgan «Oltin Karl — 2015» beshinchi xalqaro sirk festivalida «Bronza Karl»ni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda daryo.uz «Gazeta.uz»ga asoslanib.

O`zbekiston davlat sirkidagilarning aytishicha, Komila Hametova «Havo halqasi» nomeri bilan chiqish qilgan, u hakamlar hay`atiga shunchalik yoqib tushganki, ular qizga Riga sirkida ishlashni taklif qilgan.

Tanlov Gran-prisini moldovalik artistlar qo`lga kiritgan bo`lsa, Belarus va Rossiya vakillari «Oltin Karl» sovrindoriga aylandi. «Kumush Karl» Ukraina, Rossiya va Belarus namoyondalariga nasib etdi. «Bronza Karl»ni esa Komila bilan bir qatorda Latviya va Rossiya artistlari qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar