1

Qirg`iziston O`zbekistonga chorva va kartoshka etkazib beradi

Iqtisodiyot 08.12.2019, 16:36
Teglar: Qirg`iziston, chorva, kartoshka
Qirg`iziston O`zbekistonga chorva va kartoshka etkazib beradi

Qirg`izistondan O`zbekistonga chorva mollari va kartoshka etkazib berish boshlandi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha Qirg`izistonning O`zbekistondagi elchixonasi hamkorligidagi kelishuvga asosan respublikamizga yirik va mayda shoxli chorva mollari etkazib berilishi boshlangan. Umumiy summasi 1,2 mln AQSh dollari bo`lgan chorva mollari “Dostuk-avtodorojny” nazorat-o`tkazish punkti orqali etkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, kelishuvga asosan O`zbekistonga umumiy summasi 1 mln AQSh dollariga teng bo`lgan kartoshka etkazib berish ham yo`lga qo`yildi. Ma`lumotlarga ko`ra yaqin kunlarda olma eksporti ham boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1