AsosiyShou-biznes

Oybek duet kuyladi, biroq Nigorasiz...

Duet guruhlar orasida o`zining quvnoqligi, qo`shiqlarining rang-barangligi, videokliplarining yorqin ta`assurotlarga boyligi bilan ajralib turuvchi Oybek va Nigora yangiliklar yaratishdan tinishmaydi. Oybek “Omon-omon” taronasini kuylaganida, ko`pchilik endi ular alohida ijod qilishadimi, degan hayolga borishgandi, deya xabar qildi popcorn.uz.

Bu esa shunchaki, repertuarlariga yangilik kiritish maqsadida yaratilgan kompozisiya bo`lib, muxlislar qalbidan joy olgandi. O`z muxlislarini hursand qilishdan charchamaydigan Oybek ana shu qo`shiqni qayta kuyladi, ya`ni remiks yo`nalishida yangicha uslubda ijro etdi.

“Omon-omon” taronasining so`zi va musiqasi muallifi Oybek Alimovning o`zi ekani ko`pchilikka ma`lum bo`lmasa kerak. Qo`shiqning yangi aranjirokasini esa Sherzod Mardiev yaratgan bo`lib, uni Oybek duet tarzida kuyladi. Ammo qaysi ayol xonanda bilan ijro etilgani hozircha sir tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar