1

Shavkat Mirziyoev meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berdi

Siyosat 10.12.2019, 00:05
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 9 dekabr kuni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish, meva-sabzavotlar etishtirish sifati va eksporti hajmini oshirish masalalari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi

Agrar sohada hosildorlik va mehnat unumdorligini yanada oshirish maqsadida Prezident farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unda ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada ilg`or texnologiyalarni qo`llash bo`yicha qator muhim chora-tadbirlar belgilandi. 

Qishloq xo`jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, hosildorlik o`tgan yilgiga nisbatan 20-30 foizga ko`tarildi, moddiy manfaatdorlik oshdi. Joriy mavsumda paxta hosilining 73 foizi paxta-to`qimachilik klasterlari hissasiga to`g`ri keldi. 

Mamlakatimiz meva-sabzavotchilik tarmog`i ham katta salohiyatga ega. Lekin bundan oqilona foydalanilmayapti. 

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, yurtimizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot etishtiriladi. Lekin, ularning bor-yo`g`i 1,5 million tonnasi eksport qilinadi.

Chunki tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo`lgan mahsulot etishtirmaymiz. Bog` va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog`dan 70-100 tonna, ayrim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an`anaviy bog`-tokzorlarda esa 4-5 tonna mahsulot olinadi.

Mahsulotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo`yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag`lar etishmasligi va doimiy mahsulot yo`qligi oqibatida ularning aksariyati mavsumiy ishlab, mavjud quvvatlardan bor-yo`g`i 10-15 foiz foydalanmoqda, xolos.

Marketing yo`qligi, jahon bozoridagi holat o`rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar etarli miqdorda etishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o`rtasida tizimli hamkorlik yo`lga qo`yilmagan. Mirishkor ekinlarni o`z bilganicha joylashtirib, etishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta`sir etadi.

Davlatimiz rahbari shu bois meva-sabzavotchilikda ham klaster tizimini yo`lga qo`yish zarurligini ta`kidladi. Sohada ko`p yillik tajribaga ega, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasi bor tadbirkorlarni bunga jalb qilish yaxshi samara berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga mahsulot etishtiruvchi bilan klaster korxonasi o`rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ikki tomonning ham manfaatlarini ta`minlash bo`yicha topshiriqlar berildi. 

Dehqonlarga moddiy resurslar va avans mablag`larini o`z vaqtida etkazib berish, samaradorligi past bog`-rog`larni yangilash, hosildorlikni oshirish klasterlarning asosiy vazifasi bo`lishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilib, klaster tashabbuskorlari uchun qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil qilish, o`z navbatida, klasterlar tomonidan fermerlar uchun ilg`or texnologiyalarni qo`llash, eksportbop mahsulotlar etishtirish va hosildorlikni oshirish bo`yicha amaliy seminarlar o`tkazish muhimligi ta`kidlandi. Har bir viloyatdagi oliy ta`lim muassasalarida ixtisoslashgan kafedralar tashkil etish yuzasidan ko`rsatma berildi. 

Prezidentimiz klasterlar tashkil qilishda ularni aylanma mablag`lar bilan ta`minlash masalasiga alohida e`tibor qaratdi. Faoliyatini yo`lga qo`yib olguncha ularga moliyaviy ko`maklashish, xususan, Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi hisobidan zarur mablag`lar ajratish choralari belgilandi. 

Klasterlar tomonidan tashkil qilinadigan intensiv bog`, tokzor hamda issiqxonalarni aholi va tadbirkorlarga imtiyozli shartlar asosida berish, bog`-rog`lar hosilga kirib, egasi daromad ko`rguncha ularga kredit to`lovlari bo`yicha engillik yaratish muhimligi qayd etildi. 

Qishloq xo`jaligi vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga har bir tumanda etishtiriladigan mahsulotlar hajmi, turi, sifati va eksportbopligini chuqur tahlil etgan holda, ekinlarni diversifikasiya qilish vazifasi qo`yildi. 

Davlatimiz rahbari bo`sh turgan erlar, samarasiz bog` va tokzorlar o`rnida hosildor plantasiyalar tashkil etish, meva-sabzavotlarni eksportyorlar talabi asosida etishtirish va eksportni kengaytirish asosiy vazifa bo`lishi zarurligini ta`kidladi. 

Yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari va viloyat hokimlari axborot berdi. 

 

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1