1

Prezident Shavkat Mirziyoev dekabr oyida Yaponiyaga borishi ma`lum bo`ldi

Siyosat 10.12.2019, 10:09
Prezident Shavkat Mirziyoev dekabr oyida Yaponiyaga borishi ma`lum bo`ldi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Yaponiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Byurosi – METI Bosh direktori Shino Xosaka boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv doirasida ma`lum bo`ldi.

Uchrashuv O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko`rish doirasida tashkil etildi. 

Muloqotda O`zbekiston tomoni Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation», «Yokogawa Corporation» va «Marubeni Corporation» kabi kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik o`rnatilganini ta`kidladi. Qayd etildiki, mamlakatning bugungi kundagi siyosati ilg`or texnologiyalarni joriy etish orqali respublikaning energetika sohasiga to`g`ridan-to`g`ri  investisiyalarni jalb etish uchun ochiqdir.

O`zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimini modernizasiya qilish Dasturining ikkinchi bosqichida «Marubeni Corporation» kompaniyasi bilan gaz infrastruktura ob`ektlarida dispetcherlik, nazorat qilish va boshqaruv markazi (SCADA), «Yokogawa» kompaniyasi bilan esa ASUTP tizimini joriy etishning imkoniyatlari muhokama qilindi.        

 O`zbekiston tomonidan, shuningdek «Navoiy IES» AJda qurilayotgan 4 ta bug`-gaz qurilmasini, «Sirdaryo IES»da davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan bug`-gaz qurilmasi qurilishi kabi loyihalarni moliyalashtirishda hamkorlik qilish taklifi bildirildi. Ushbu loyihalar elektr energetikasi sohasining salohiyatini oshirishga qaratilgan bo`lib, bu borada ehtiyot qismlar etkazib berish, doimiy nazoratlar uchun texnik maslahatlar berish, shef-muhandislar tayyorlash hamda bug`-gaz qurilmalari bo`yicha masofaviy nazorat o`rnatish yo`nalishlarida hamkorlik qilish mumkin.

Eslatib o`tamiz, JICA mablag`lari hisobidan Yaponiya kompaniyalari bugungi kunda «Navoiy IES» va «To`raqo`rg`on IES»da bug`-gaz qurilmalarini qurish kabi energetika sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Hozirgi vaqtda «O`zbekneftgaz» AJ va «Mitsubishi Corporation» kompaniyasi o`rtasida taklif etilayotgan loyihalarning istiqbolini o`rganish asnosida anglashuv Memorandumini imzolash kutilyapti.

«Yokogawa Corporation» kompaniyasi bilan esa «O`zbekneftgaz» AJ texnologik jarayonlariga avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish bo`yicha anglashuv Memorandumi imzolangan. Ayni paytda tomonlar bu borada bitim imzolashga tayyorgarlik ko`rmoqdalar. 

Tomonlar O`zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimini modernizasiya qilish Dasturining ikkinchi bosqichida gaz infrastruktura ob`ektlarida dispetcherlik, nazorat qilish va boshqaruv markazini (SCADA) joriy etishda «Marubeni Corporation» kompaniyasining ishtiroki imkoniyatlarini ham ko`rib chiqmoqdalar, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1