1 yanvardan yana bir faoliyat turi uchun lisenziya olish talab etilmaydi

Siyosat 10.12.2019, 20:02
1 yanvardan yana bir faoliyat turi uchun lisenziya olish talab etilmaydi

“O`zbekiston Respublikasi yo`l xo`jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

*avtomobil yo`llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash, shuningdek, yo`l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan ob`ektlar bo`yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o`tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo`yicha tuziladi;

*yo`l-qurilish ishlari bo`yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

*Toshkent shahri ko`chalarini qurish va ta`mirlash bo`yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, neft bitumining yo`llarga mo`ljallangan markalarini sotish sohasida foaliyat olib borish huquqi uchun lisenziya olish talab etilmaydi.

Farmonga muvofiq, yo`l-qurilish korxonalari MChJ etib qayta tashkil etilgan holda Avtomobil yo`llari qo`mitasi tarkibidan chiqarildi.

Farmon bilan “Yo`lqurilish” AJ tashkil etildi hamda qo`mita tarkibidan chiqarilgan korxonalarning ustav jamg`armalaridagi davlat ulushi mazkur AJga o`tkazildi.

Avtomobil yo`llari qo`mitasi avtomobil yo`llari sohasidagi maxsus vakolatli organ va  avtomobil yo`llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta`mirlash va ekspluatasiya qilish bo`yicha ishlarning yagona buyurtmachisi etib belgilandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1