Miya falajidan aziyat chekuvchi Xitoy fuqarosi Hu Huiyuan kitob yozdi, deb xabar beradi daryo.uz The Daily Mailga tayangan holda.
Deyarli umuman harakat qila olmaydigan 21 yoshli xitoylik qiz o`z romanini noutbukda chap oyog`i bilan yozib tugatdi. Kitob 60 mingga yaqin so`zdan iborat.
Yozuvchi qiz klaviaturada bir daqiqa davomida 20 tadan 30 tagacha so`z yozadi.
Ota-onasining gaplariga qaraganda, qiz bolaligida maktabga borish imkoniyatiga ega bo`lmagan, ammo u televizordagi subtitrlar orqali savod chiqargan. Qiz tug`ilganida shifokorlar uning o`n kun ham yashamasligini ta`kidlagan.
«Men turli qiziqarli insonlar bilan muloqot qilish va yozish imkoniyatiga ega ekanligimdan juda baxtiyorman», − deb ta`kidlaydi qizning o`zi.





