1

Buxoro viloyatida 37 kunda “To`maris” koni ishga tushirildi

Iqtisodiyot 13.12.2019, 10:43
Buxoro viloyatida 37 kunda “To`maris” koni ishga tushirildi

Buxoro viloyatida ERIELLGroup kompaniyasi tomonidan bevosita «O`zbekneftgaz» AJ ishtirokida “Uchqir” va “To`maris” konlarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Gazli hududida “Uchqir” konining 286-sonli qudug`i ishga tushirildi, u mazkur kondagi mavjud KIB (kirish iplari bloki) ga ulandi. Diametri 108x8 mm va uzunligi 1 480 m bo`lgan ushbu gaz quvuri barpo etildi.

Ayni paytda ushbu hududda “To`maris” koni ishga tushirildi va unda quyidagi ishlar bajarildi: 

- 1-sonli quduqni obodonlashtirish hamda ushbu quduqdan “To`maris” gaz to`plash punktigacha  uzunligi 850 m va diametri 108x8 mm bo`lgan shleyf-gaz quvurini qurish; 

- 10-sonli quduqni obodonlashtirish hamda ushbu quduqdan “To`maris” gaz to`plash punktigacha uzunligi 373 m va diametri 108x8 mm bo`lgan shleyf-gaz quvurini qurish;

- unga 7 ta quduq ulanishi ko`zda tutilgan gaz to`plash punkti (GTP) qurilishini yakunlash; 

- GTP “To`maris”dan “Savatli” kirish iplari blokigacha uzunligi 43,6 km va diametri 325x10 mm li gaz quvuri-kollektor qurilishi bajarildi. Ushbu gaz quvuri “To`maris” konidan “Savatli-Dayatxotin” gaz quvurlari tizimi orqali gaz qazib olish hajmini ko`paytirish imkonini beradi.

“To`maris” konida bir qator ob`ektlarning qurilishi va ishga tushirilishi qisqa muddatga amalga oshirildi: ishlar davri 2019 yil 1 noyabrdan 7 dekabrgacha 37 kunni tashkil qildi.

ERIELL Group kompaniyasi va «O`zbekneftgaz» AJ “2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko`paytirish bo`yicha dastur” doirasida gaz quvurlarini modernizasiyalash va qurish ishlarni faol olib bormoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1