AsosiyShou-biznes

AQShda “Stiv Jobs” filmini suratga olish ishlari boshlandi

Kecha, 28 yanvar kuni Los-Anjelesda “Stiv Jobs” filmining suratga olish ishlari boshlandi. Ushbu filmda bosh rolni Maykl Fassbender ijro etmoqda.

Bu haqda Universal Pictures ommaviy axborot vositalariga xabar bergan, deb yozadi spletnik.ru nashri.

Ma`lumotlarga qaraganda, kartinada asosan Stiv Jobs faoliyatining boshlang`ich yillari, umuman uning texnika olamidagi ilk qadamlari haqida hikoya qilinadi. “Stiv Jobs” filmidagi eng muhim rollardan birini Keyt Uinslet ijro etadi. U Macintosh kompaniyasining tadqiqotchilari faoliyat yuritadigan marketing bo`limi eks-rahbari Joanna Xoffmanni gavdalantiradi. 

 

    Boshqa yangiliklar