1

Rossiya Namanganda kartoshka urug`chiligi bo`yicha yirik markazni ishga tushirmoqchi

Iqtisodiyot 13.12.2019, 20:03
Teglar: Rossiya, Namangan
Rossiya Namanganda kartoshka urug`chiligi bo`yicha yirik markazni ishga tushirmoqchi

Namanganda bugungi kunda to`qimachilik sohasida 1600 dan ortiq korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ularning o`ndan ortig`i brend darajasiga chiqqan va o`z mahsulotlari Evropaning Angliya, Italiya, Germaniya kabi mamlakatlariga eksport qilmoqda. Mashinasozlik sohasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Meva-sabzavot etishtirish, bog`dorchilik bo`yiicha ham tizimli yuqori natijalarga erishilmoqda. 

Yaqinda Namangan viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Ayubxon Kamolov Rossiya Federasiyasi Tomsk tumani rahbari Aleksandr Tereshenko bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Ma`lum bo`lishicha Namangan va Tomsk viloyatlari rahbarlari 1990 yilda o`zaro hamkorlik memorandumini imzolashgan ekan. Tomsk tumani rahbari Aleksandr Tereshenkoning aytishicha Tomskda ko`plab o`zbek tadbirkorlari faoliyat yuritishadi. Ular o`zlarining halolligi bilan mahalliy aholi ishonchini qozongan. Tomsk tumani hududida yirik agrofirmalar ham joylashgan. Tereshko kartoshka etishtirish bo`yicha  o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yishni taklif qildi. 

Uning aytib o`tganidek bizning aholimiz o`rastida kartoshka iset`moliga talab yuqori. Shu va boshqa qulaylik tomonlarini o`rganib har ikkala tomon 2020 yilda kartoshka urug`chiligi bo`yicha yirik markazni ishga tushirib agrar sohada hamkorlik qilishga kelishib olishdi. 

Uchrashuv chog`ida o`rmon resurslari, yog`och mahsulotlari etkazib berish bo`yicha imkoniyatlar ham muhokama qilindi. Tomsk delegasiyasi vakillari uchrashuvdan so`ng viloyatdagi ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish sub`ektlari faoliyati bilan tanishdilar. Ularga istiqboldagi hamkorlik loyihalari bo`yicha batafsil ma`lumotlar taqdim etildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1