1

«Real» klubi bosh murabbiyi Krishtianu o`z xatosini tushunganini qayd etdi

Sport 31.01.2015, 09:50
«Real» klubi bosh murabbiyi Krishtianu o`z xatosini tushunganini qayd etdi

«Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Krishtianu Ronalduning «Kordoba»ga (2:1) qarshi uchrashuvdagi «qilig`i» uchun diskvalifikasiya qilingani haqida gapirdi, deb xabar beradi «Uff.uz».

«Diskvalifikasiya — har qanday holatda yomon. U muammosiz ikkita o`yin o`tkazib yuboradi, bu vaqt davomida u derbiga yaxshi tayyorgarlik ko`rishiga ishonaman.

Uning sog`lig`i bilan muammo yo`q, tizzasi ham yaxshi holatda.

Ronaldu darrov uzr so`radi. U xatoga yo`l qo`ydi va buni o`zi ham tushunib turibdi. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi», — dedi Anchelotti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1