AsosiyJamiyat

Oqto`beda muzlagan avtobusdan qutqarilgan 50 nafar o`zbek bo`yicha TIV ma`lumot berdi

'Oqto`beda muzlagan avtobusdan qutqarilgan 50 nafar o`zbek bo`yicha TIV ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq, Qozog`istonnning Oqto`be(Aktyubinsk) viloyati hududidan o`tgan Samara-Chimkent avtomobil yo`lida 50 nafar o`zbek muzlab qolgan avtobusdan qutqarib qolingani haqida xabar bergan edik.

Ushbu voqea bo`yicha TIV axborot berdi.

Unga ko`ra, Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 14 dekabr kuni Samara-Chimkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan va ichida 54 nafar odam, jumladan 50 ta O`zbekiston fuqarosi bo`lgan avtobus Aqtobe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to`xtab qolgani to`g`risida OAVda tarqalgan ma`lumotni tasdiqladi.

Bosh konsulxona ma`lumotiga ko`ra tuman yo`l-patrul xizmati yo`lovchilarni evakuasiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta`minlash va avtobusni ta`mirlashda yordam ko`rsatdi. Avtobus esa ta`mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O`zbekiston fuqarolari e`tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog`istonga kirishda yoki uning hududidan o`tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko`rish zarurligiga qaratadi.

Qozog`iston hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boshqa davlatga o`tayotgan yurtdoshlarimiz, zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo`la, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag`anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto`be, Atirau, G`arbiy Qozog`iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog`iston, Turkiston, Jambil va Qizilo`rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar