AsosiyShou-biznes

“Umr” ... Hayot qadri va insoniy tuyg`ular haqidagi videoklip premerasi Sardor Mamadalievdan

Estradada o`z yo`li va iste`dodiga ega xonanda Sardor Mamadalievning “Ajralishdik” nomli taronasi “Yil qo`shig`i-2014” mukofotiga loyiq ko`rilganini, xonandaning ijodiga berilgan yuqori baho, deb bilishimiz mumkin, deya xabar qiladi popcorn.uz.

Hayot qadri va insoniy tuyg`ular haqidagi “Umr” nomli yangi kompozisiyaning musiqasi Sardor Mamadalievning o`ziga tegishli. Mazkur tarona uchun “9999” studiyasi rejissyorlari Hurshid hamda Nodir Sobirovlar tomonidan videoklip suratga olindi. Klip syujet jihatidan “Ota-ona” videoklipining mantiqiy davomi sifatida yaratilgan. 

Yana bir yangilik, xonanda tez kunda navbatdagi “Men izlagan gul qayda” deb nomlangan yangi ijod mahsulini muxlislariga taqdim etish istagida. Bu tarona uchun ham klip suratga olish ishlari boshlab yuborilgan. Yangi klip va tarona premerasini o`tkazib yubormang.

    Boshqa yangiliklar