O`nlab filmlarda rollar o`ynagan aktyor Akmal Nazarovning xonanda sifatida ijod boshlaganligiga ancha bo`lgan edi. Ammo u kuni-kecha tasvirga olgan klipi hit bo`lishga loyig`i nazarimizda.
Akmalning “Jim-jim” deb nomlangan ushbu taronasiga o`z g`oyasi asosida syujetga asoslangan antiqa klip tasvirga olindi. Nodir Azimov so`zi orqali dunyoga kelgan qo`shiqqa klipmeyker Botir Mo`minov rejjisyorligida videoketma-ketlik tayyorlanayotgan bo`lib, yaqin kunlarga omma e`tiboriga havola etiladi.