1

O`zbekistonlik polvon Paris Grand Prix bosh sovrinini qo`lga kiritdi

Sport 02.02.2015, 09:27
O`zbekistonlik polvon Paris Grand Prix bosh sovrinini qo`lga kiritdi

Erkin kurash bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi  Rashid Qurbonov Fransiyaning Parij shahrida o`tkazilayotgan  Paris Grand Prix xalqaro musobaqalari bosh sovrinini qo`lga kiritdi, deya xabar qiladi 12news.uz.

O`zbekistonlik polvon 74 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasidagi final bellashuvida rossiyalik Osmon Isakovni 10:2 hisobi bilan ishonchli g`alabaga erishib, musobaqa oltin medaliga sazovor bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, bu Rashid Qurbonovning yangi mavsumda qo`lga kiritgan ilk muvaffaqiyatidir. Ungacha u 2013 yilda o`tkazilgan jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2011 va 2013 yillardagi Osiyo chempioni, 2014 yilda o`tkazilgan Osiyo o`yinlari g`olibi kabi bir qator g`alabalarga erishgan edi. Qurbonov 2013 yildan beri Mahachqala shahridagi sport maktabiga direktorlik qilib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1