1

EOII O`zbekistonning global integrasiyasiga tasir qiladimi?

Iqtisodiyot 20.12.2019, 11:43
EOII O`zbekistonning global integrasiyasiga tasir qiladimi?

Hozirgi kunda bir qator yurtdoshlarimiz tomonidan EOIIga a`zo bo`lish boshqa, istiqbolli savdo aloqalari hisobidan sodir bo`lishi mumkin degan qarashlar ilgari surilmoqda. Masalan O`zbekistonning EOIIga azo bo`lishi JSTga kirishni murakkablashtirishi yoxud EOII hududidan tashqaridagi davlatlar bilan savdo shartnomalariga salbiy tasir qilishi va x.z. 

Eng avvalo, mamlakatimiz o`z suverenitetiga ega, mustaqil davlat ekanini, har qanday xalqaro ittifoq yoki tashkilotga o`z xoxishi va pozisiyalariga ega bo`lgan holda azo bo`lishini ta`kidlab o`tmoqchiman!

EOIIdagi bir qator davlatlar JSTga ham azoligi esa xech kimga sir emas. O`zbekistonning EOIIga azo bo`lishi JSTga kirishni murakkablashtirishi “mumkinligi” haqidagi bazi g`arb davlatlari amaldorlarining “bashoratlarini” esa to`g`ridan-to`g`ri yurtimiz suverenitetga aralashish deb bilaman!

EOII hududidan tashqaridagi davlatlar bilan savdo shartnomalar masalasiga keladigan bo`lsak, bizning savdo hamkorlarimizning ko`pchiligi EOII tarkibida ekanligini unutmaylik va ittifoqqa azo bo`lishimiz bu tarkibga kirmaydigan savdo hamkorlarimiz bilan bo`ladigan munosabatlarimizga faqat ijobiy tasir ko`rsatadi, ya`ni:

  • EOII bojxona ittifoqiga ko`ra, ittifoq hududida yagona bojxona tariflari amal qiladi. Yani, hozirgi kunda tadbirkorlarimiz tomonidan olib kelinayotgan va eksport qilinayotgan tovarlar uchun to`lanayotgan to`lovlar miqdori keskin kamayadi;
  • yuqoridagi omilga ko`ra ichki bozorda raqobat kuchayadi va bu o`z-o`zidan  mahsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini  oshiradi. 

Shu bilan bir qatorda, so`ngi yillarda qo`shni davlatlar bilan munosabatlarimiz kundan-kunga iliqlashayotganini xam etirof etish darkor. 2018 yilgi tashqi savdo aylanmasini 2015 yil bilan solishtiradigan bo`lsak, savdo hajmi 2,5 barobardan ortiqroqqa oshganini ko`rishimiz mumkin.

EOIIga a`zo bo`lish, EOIIga a`zo bo`lmagan mamlakatlarning biznesi uchun O`zbekistonga savdo va sarmoya kiritishga to`sqinlik qilishi mumkinligi, bu eng noxolis va noto`g`ri fikrlardin biridir. Chunki EOII ga kirish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ko`plab mamlakatlar, shu jumladan, O`zbekistonni rivojlantirishi kerak bo`lgan ilg`or texnologiyalar manbai bo`lgan savdo va sarmoyaviy sheriklik aloqalarini rivojlantirish maqsadiga bevosita yo`l ochadi. 

Ba`zilar O`zbekistonda biznes yuritishni ko`rib chiqayotgan EOIIga a`zo bo`lmagan davlatlar kompaniyalari tomonidan berilgan birinchi savollardan biri bu - EOIIga a`zo bo`lish ehtimoli ekanligini aytishmoqda.

Albatta, har qanday tadbirkor yoki investor o`z foydasini ko`zlab ish tutadi. Berilgan har bir savol yoki aytilgan har bir gapdan salbiy mano izlash - pessimistik ruhdagi odamning yo`lidir!

EOIIga azo bo`lishimiz unga a`zo bo`lmagan davlatlar kompaniyalari uchun ham juda ko`p sohalarda foydali bo`lishi mumkinligini ta`kidlab o`tish lozim.

Xullas, EOIIga a`zo bo`lish O`zbekiston global integrasiyasini mustahkamlash tomon ko`yilgan ulkan qadamlardan biri bo`lishi aniq.

Odil Olimjonov – iqtisod fanlari doktori, professor

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1