1

Bishkekdan 4 ta medal bilan, umumjamoa hisobida ikkinchimiz

Sport 03.02.2015, 11:44
Bishkekdan 4 ta medal bilan, umumjamoa hisobida ikkinchimiz

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo`yicha D.Shopokov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir bo`lib o`tdi. O`ndan ortiq davlat vakillari qatnashgan musobaqada mamlakatimiz charm qo`lqop ustalari ham to`liq tarkibda ishtirok etishdi. Yakunda Mahmud Xo`jaev va To`lqin Qilichev shogirdlaridan 2 nafari oltin medalni qo`lga kiritdi. Yana bir bokschimiz kumush medalga sazovor bo`ldi. Yarim finalda mag`lubiyatga uchragan 91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Sardor Begaliev bronza medaliga sazovor bo`ldi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

O`nta vazn toifasidan 5 tasida oltin medalga ega chiqqan mezbonlar umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egallashdi. Ikkita oltin, bittadan kumush hamda bronza medali bilan taqdirlangan O`zbekiston terma jamoasi xalqaro turnirda ikkinchi bo`ldi. Bittadan oltin medalni qo`lga kiritgan Rossiya, Tailand va Qozog`iston terma jamoalari keyingi pog`onalarni band etishdi.  

FINAL JANGLARI

49 kg vazn toifasi

Rahmonqul Avatov (Qirg`iziston) – Turat Osmonov (Qirg`iziston) — 3:0     52 kg.

ABROR QODIROV (O`ZBEKISTON) – Jonibek Musaev (Qirg`iziston) — 0:3     56 kg.

Tanes Ongyunta (Tailand) – Lyu Kangyuyan (Xitoy) — 3:0    60 kg.

Meder Mamakeev (Qirg`iziston) – Akjol Sulaymanbek uulu (Qirg`iziston) — 2:1     64 kg.

Ermek Sakenov (Qirg`iziston) – Grigoriy Lizunenko (Rossiya) — 3:0     69 kg.

MAHMUD G`OIPOV (O`ZBEKISTON) – Monxererdene Uranchimeg (Mo`g`uliston) — (G`oipov 1-raunddayoq texnik nokaut bilan g`alaba qozondi)     75 kg. gacha

Erik Aljanov (Qozog`iston) – Nursultan Janabaev (Qozog`iston) — 0:3     81 kg.

Ali Axmedov (Qozog`iston) – Georgiy Kushutashvili (Rossiya) — 0:3     91 kg.

Sergey Parenko (Qirg`iziston) – Chingiz Borbashev (Qirg`iziston) — 0:3     + 91 kg.

BAHODIR JALOLOV (O`ZBEKISTON) – Yaroslav Doronchiev (Rossiya) —(Jalolov raqibini texnik nokaut evaziga mag`lub etdi)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1