1

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre iste`foga chiqarildi

Sport 03.02.2015, 14:44
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre iste`foga chiqarildi

Yaponiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan tufayli iste`foga chiqarildi. Bu haqda kun.uz nashri xabar bermoqda.

Yaponiya futbol federasiyasi endilikda terma jamoa bosh murabbiyligiga boshqa kuchliroq mutaxassis izlamoqda.

Eslatib o`tamiz, meksikalik murabbiy qo`lostida Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida BAA terma jamoasiga penaltilar seriyasiga ko`ra mag`lub bo`lib, musobaqani tark etgandi.

Ma`lumot uchun, Yaponiya futbol federasiyasi ushbu mutaxassisni yiliga 2,45 mln dollar maosh tayinlagan holda ishga yollagandi. Agirre “Saragosa” jamaosida ishlagan vaqtda kelishilgan o`yinlarda ishtirok etganlikda ayblanayotagniga qaramasdan Yaponiya futbol federasiyasi ushbu mutaxassis bilan ishlashda davom etishini ma`lum qilgan edi, lekin uning jamoa bilan ko`rsatgan natijasi qoniqarsiz deb topildi va unga javob berildi.

Eslatib o`tamiz, Osiyo Kubogida Agirre kabi chorak finalda mag`lub bo`lib, uyga qaytgan O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga bu omadsizlikdan keyin ham ishonch bildirishda davom etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1