1

Markaziy bank boshqaruvi tarkibida o`zgarishlar bo`ldi

Iqtisodiyot 24.12.2019, 16:34
Teglar: bank, boshqaruv
Markaziy bank boshqaruvi tarkibida o`zgarishlar bo`ldi

Bugun, 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi. Bu haqda Xabar.uz ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining 2019 yil 9 dekabrdagi taqdimnomasiga binoan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Markaziy Bank boshqaruv tarkibiga o`zgartirishlar kiritishni tasdqiladi.

Jumladan:

  • O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo`ja Turdialiev O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining tarkibidan chiqarildi.
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha «El-yurt umidi» jamg`armasi direktori vazifasini bajaruvchi Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universiteti amaliy matematika bo`yicha magistratura kursi rahbari Ziyodullo Parpiev O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining mustaqil a`zolari etib tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1