1

FIFA Figuni tekshirishni boshladi

Sport 04.02.2015, 12:11
FIFA Figuni tekshirishni boshladi

Xalqaro futbol federasiyalari assosiasiyasi (FIFA) Luish Figudan so`nggi ikki yillik ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishini talab qildi, deb yozadi olamsport.com nashri.

Bu hujjatlar Figuning rasman FIFA prezidentligiga o`z nomzodini qo`yish uchun ruxsatnoma vazifasini o`tab beradi. FIFA dushanba kuni prezidentlik uchun 4 nafar nomzoddan ariza kelib tushgani, ular orasida “Barselona” va “Real” klublarining sobiq yarim himoyachisi Lushi Figuning borligini ham ma`lum qilgan edi. Qonun-qoidalarga ko`ra, FIFA prezidentligi uchun o`z nomzodini qo`ygan shaxsan so`nggi 5 yildan 2 yili davomida futbolda ma`lum bir lavozimda ishlashi shart.

Figu nomzodini ayni paytda Portugaliya, Chernogoriya, Makedoniya, Lyuksemburg, Daniya va Polsha qo`llab-quvvatlamoqda. Hozirda Yozef Blatterning “taxt”iga Luish Figudan tashqari, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn hamda Gollandiya Qirollik futbol uyushmasi (KNVB) prezidenti Mixael van Praag da`vogarlik qilishyapti. FIFA prezidentligi uchun saylov 29 may kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1