1

Bugun Istomin Jazeri bilan bilan hisob-kitob qiladi

Sport 04.02.2015, 14:02
Bugun Istomin Jazeri bilan bilan hisob-kitob qiladi

O`zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Fransiyaning Monpele shahrida asosiy to`r bahslari start olgan yirik tennis turnirida ishtirok etadi, deya yozadi olamsport.com.

Istomin ilk davrada tunislik Malik Jazeriga qarshi kortga chiqadigan bo`ldi. Denis Monpele turnirida 6-raqam ostida tasniflangan. Bu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, ATR Open Sud de France turnirining mukofot jamg`armasi 494 ming 310 evroni tashkil qiladi. Denis Istomin o`tgan yili ham ushbu turnirda ishtirok etgandi.

Istomin xuddi yakkalikda bo`lgani kabi juftliklar bahsida ham 6-raqam ostida tasniflangan. U rossiyalik Aleksandr Kudryavsov bilan birga ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi – Dominik Inglot (Britaniya) hamda Mergea Florin (Ruminiya) tandemi bilan hisob-kitob qiladi. Bu o`yin esa Toshkent vaqti bilan soat 22:30ga belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1