1

AQShda Coca-Cola kompaniyasi sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi

Sport 04.02.2015, 16:05
AQShda Coca-Cola kompaniyasi sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi

AQShda Coca-Cola kompaniyasi Fairlife nomi ostida sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi. Bu reja haqida bir necha oy muqaddam xabar qilingan edi. USA Today nashri xabariga ko`ra, ayni paytda bunday turdagi yangicha sut mahsulotlari kompaniyaning Minute Made bo`limida ishlab chiqarilishi boshladi, deb yozadi kun.uz nashri.

Xabarda ma`lum qilinishicha, mart oyidan boshlab, keng hajmdagi reklama ishlari boshlanib, mahsulotning boshqa mamlakatlarga eksporti ham yo`lga qo`yiladi.

Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, 1,9 litr hajmdagi idishlarda chiqarilayotgan ushbu sutlar uchun 3,98 dollardan 4,20 dollargacha bo`lgan narxlar belgilangan. Ma`lumotlarda shuningdek, Fairfile sutining tarkibida protein va saxaroza moddalari odatdagi sutlardagidan 50 foziga ko`proq bo`lishi, kalsiy moddasi bo`yicha farqlar 30 foizlik miqdorda ekani aytilmoqda. Lekin, bu sutlarga laktoza qo`shilmagan.

Sutning “shokolodli turi” esa, yog`siz qilib tayyorlanadi.

Kompaniyaning bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishi mamlakat hududida gazli ichimliklarga bo`lgan qiziqish va ehtiyojning kamaygani bilan bog`lanmoqda. O`z navbatida, amerikaliklar tomonidan proteinli mahsulotlarga bo`lgan talab oshgani ta`kidlangan.

Amerikaliklar bunday sutga hozirdan Coke Milk deb nom qo`yib olishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1