1

O`zbekistonning tashqi qarzi 21 mlrd. dollardan oshdi

Iqtisodiyot 27.12.2019, 14:15
O`zbekistonning tashqi qarzi 21 mlrd. dollardan oshdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki O`zbekistonning 2019 yilning 9 oyi uchun to`lov balansi, xalqaro investision pozisiyasi va tashqi qarzi bo`yicha ma`lumot berdi.

Unga, 2019 yilning 9 oyi davomida O`zbekiston Respublikasi to`lov balansi ko`rsatkichlarining shakllanishiga tashqi qarzdorliklarning ortishi, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarning jalb qilinishi hamda ular bo`yicha “yig`ilib qolgan” majburiyatlarning so`ndirilishi va kelib tushayotgan transchegaraviy pul o`tkazmalarining o`sishi kabi omillar o`z ta`sirini o`tkazdi.

Yuqorida keltirilgan omillarning ta`siri ostida to`lov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd. dollarga teng defisitni ko`rsatdi. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining ko`payishi (6,1 mlrd. doll.), shuningdek rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (1,3 mlrd. doll.) natijasida 4,8 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, rezerv aktivlari 662 mln. dollarga ko`paydi.

O`zbekiston Respublikasining sof investision pozisiyasi joriy yilning 1 oktyabrida 13,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, qolgan mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvi va bank sektorlari “sof kreditorlar”, boshqa sektorlar esa “sof qarzdorlar” hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi joriy yilning 1 oktyabrida 21,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo`lib, undan 13,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd. dollari xususiy tashqi qarz hisoblanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1