Bugun, 5 fevral kuni London shahrida barcha avtobus haydovchilari ishga chiqmasliklarini e`lon qilishdi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Natijada, kun davomida shaharda 6,5 mln kishi avtobuslar xizmatida foydalana olmaydi. Ish tashlovchilar barcha avtobus haydovchilari uchun bir xil miqdorda maosh to`lanishini talab qilishmoqda.
Transport for London boshlig`i Leon Deniels bu harakatda, turli ko`nikmada bo`lgan haydovchilar uchun umumiy narx talab qilinishida mazmun yo`qligini ta`kidlab, agar ularning shartlariga ko`nilsa, yo`l haqlarini oshirish va ishchilar sonini qisqartirishga to`g`ri kelishini ma`lum qilgan.
Avtobus haydovchilar esa, 5 fevral kunidan tashqari, 13 va 16 fevral kunlarida ham ish tashlash uyushtirishlarini ma`lum qilishgan.





