1

Markaziy bank ayrim banklar mijozlarning ishonchini poymol qilgani haqida ma`lumot bermoqda

Iqtisodiyot 29.12.2019, 10:47
Markaziy bank ayrim banklar mijozlarning ishonchini poymol qilgani haqida ma`lumot bermoqda

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili ayrim banklar tomonidan mijozlarga bank xizmatlarini ko`rsatishda qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlari mavjudligini ko`rsatmoqda.

Masalan, Ipoteka-bank bilan fuqaro D.N. o`rtasida 2018 yilda uy-joy sotib olish maqsadida kredit shartnomasi tuzilgan bo`lib, ushbu ipoteka krediti qarz oluvchiga yillik 9 (to`qqiz) foiz stavka bilan ajratilgan. Biroq, Ipoteka-bank kredit shartnomasi shartlariga amal qilmasdan, qarz oluvchiga kreditdan foydalanganligi uchun yillik 16 (o`n olti) foiz stavkasida foiz hisoblagan.  

Bundan tashqari, Agrobank tomonidan fuqaro A.O.ga tegishli bo`lgan bank kartasi orqali operasiyalar amalga oshirilishi asossiz ravishda to`xtatib qo`yilgan va ushbu fakt haqida fuqaroga habar berilmagan.  

Markaziy bank tomonidan iste`molchilarning huquqlarini tiklash bilan bir qatorda ularning huquqlarining buzilishiga yo`l qo`ygan banklarga nisbatan ham javobgarlik choralari ko`rilmoqda.  

Jumladan, bank xizmatlari ko`rsatishda yo`l qo`yilgan qoidabuzarliklar uchun Ipoteka-bank va Agrobankdan O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq jarima undirildi.

Bank xizmatlari iste`molchilari o`z huquq va qonuniy manfaatlari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 200-00-44 raqamli ko`p kanalli yagona «Ishonch telefoni» orqali murojaat etishlari mumkinligi bildiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1