Aktyor Joni Depp va aktrisa Ember Xerdlar o`z munosabatlarini qonuniy ro`yxatdan o`tkazishdi. Bu jarayon ularning Los-Anjelesdagi uylarida amalga oshirildi.
Biroq asosiy to`y bazmi tadbirlari kelayotgan dam olish kuniga qoldirildi. Ushbu ajoyib voqea Bagam orollaridagi Joni Deppga tegishli oroldagi uyda bo`lib o`tishi kutilmoqda. Tayyorgarlik katta. 51 yoshni qarshi olgan aktyor va 28 yoshli aktrisa 2011 yili filmni suratga olish jarayonlarida tanishishgan. Ommaviy axborot vositalari esa ularning munosabatlari haqida 2012 yili xabar topgan.





