AsosiyJamiyat

"Mening biznes g`oyam" loyihasida g`olib chiqqan 28 nafar yoshlarga mikrokredit olish uchun sertifikat berildi

2014 yilda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga yo`naltirilgan “Mening biznes g`oyam” loyihasida g`olib chiqqan 28 kishiga 312 million so`mdan ziyod mikrokredit olish uchun sertifikat berildi, deya xabar beradi uz24.uz O`zA ma`lumotlariga tayangan holda.

Ta`kidlash kerak, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning bo`limlari tomonidan jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Tadbirkorlar kunlari o`tkazib kelinmoqda. 2014 yilda bunday tadbirlarda 100 mingdan ziyod tadbirkorlik sub`ekti ishtirok etdi. Turli masalalar bo`yicha ulardan kelib tushgan 14 mingdan ortiq murojaatning aksariyat qismi ko`rib chiqildi.

Shuningdek, palata tomonidan tadbirkorlarimizning chet ellik sheriklar bilan hamkorligini kengaytirishga ko`maklashilayotganini ham ta`kidlash joiz. Jumladan, 2014 yilda to`g`ridan-to`g`ri chet el investisiyasini jalb qilish maqsadida Savdo-sanoat palatasi xorijiy kapital ishtirokidagi 56 korxonani tashkil etishga yordam berdi.

2015 yilda ham palata tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mahsulotlar ishlab chiqarish va tovarlar eksporti, shuningdek, “yagona oyna” tamoyili bo`yicha xizmat ko`rsatish hajmini kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish ko`zda tutilgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasining Toshkentda bo`lib o`tgan yig`ilishida ma`dum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar