AsosiyShou-biznes

Kaniza “zahar” qayniopalar haqida qo`shiq kuyladi

“Xolasi, ammasi” qo`shig`idan so`ng “Hammasigayam” nomli tarona ijro etgan Kaniza mazkur ommalashgan ketma-ketlikni yana davom ettirmoqda.

Uchinchi kompozisiya ham hazilomuz so`zlardan iborat bo`lib unda qayniopayu amaki tog`alar, hatto pochchalar ham tilga olinadi. Ijrodan tashqari imij va uslub borasida o`zgarishlar qilishni xush ko`ruvchi Kaniza yangi  ijodiy ishiga ham videoketma-ketlik tasvirga olish mo`ljallangan.

Xonanda mazkur klipni birinchilardan bo`lib aynan biz orqali muxlislar e`tiboriga havola etishni niyat qilgan. Darvoqea, Kanizaxonim yangi 3 ta tarona ustida ham ish olib bormoqda. Bu haqida keyinroq bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar