AsosiySalomatlik

Achchiq qalampir umrni uzaytiradi

'Achchiq qalampir umrni uzaytiradi'ning rasmi

Italiyadagi O`rta er dengizi nevrologiya instituti olimlarining tadqiqotlarida aniqlanishicha, achchiq qalampir inson organizmi uchun juda foydali. Talqiqotchilar ta`kidlashicha ushbu mahsulot uni tez-tez iste`mol qiluvchilarning umrini uzaytirishga xizmat qiladi va erta o`limning umumiy xavfini 23 foizga kamaytiradi. Bu haqda Analitika.net sayti xabar berdi.

Qalampirning himoya xususiyati uni haftasiga 3-4 marta iste`mol qilganda yuzaga chiqadi.

Tadqiqotda jami 22 811 nafar kishi qatnashdi. Ularning salomatligi mutaxassislar tomonidan sakkiz yil mobaynida kuzatib borildi. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, qizil qalampirni muntazam iste`mol qilish (haftasiga 3-4 marotaba yoki undan ko`p) yurak xuruji xavfini 40 foizga qadar kamayishiga sabab bo`lar ekan. Miyada qon aylanishi bilan bog`liq o`lim holatlari esa yanada kamayishi aniqlangan. Eng muhimi, qalampir iste`mol qilmoqchi bo`lsangiz, u taom tanlamaydi, bu mahsulotni xohlagan taomga qo`shib tanovul qilish mumkin.

Olimlar qizil, achchiq qalampirning biokimyoviy mexanizmlarini aniqlash maqsadida uning ustida olib borilayotgan tadqiqotlarni davom ettirishmoqchi. Aniqlanishicha, qalampir tarkibida mavjud moddalar hujayralar mitoxondriyasiga ta`sir qilish orqali zararli hujayralar, gijja va saraton tanachalari nobud bo`lishiga o`z hissasini qo`shadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar