AsosiyDunyo

Xitoylik cho`pon 255 ming dollarlik tabiiy oltin topib oldi

Xitoylik cho`pon Berek Savut og`irligi 7,85 kg, narxi 255 ming dollarga teng sof oltinni topib oldi, deya xabar bermoqda daryo.uz Gazeta.ru»ga nashriga tayanib. Bu Sinszyan-Uyg`ur avtonom tumanida sodir bo`lgan. Ta`kidlanishicha, sof holda topilgan oltin «to`g`ri ma`noda taqir erda yotgan bo`lgan».

23 sm uzunlikka ega oltinning sofligi 80 foizni tashkil etadi, u ayni paytdagi oltin narxini hisobga olganda, 1,6 million Xitoy yuani (taxminan 255 ming dollar)ga teng.

Savut oltinni Altay prefekturasidan topdi, ushbu joyning nomi mo`g`ul tilidan «oltin» deb tarjima qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar