1

“O`zavtosanoat”korxonalari bilan hamkorlik qilish istagida bo`lganlarni kooperasiya forumiga taklif qildi

Iqtisodiyot 06.01.2020, 10:45
“O`zavtosanoat”korxonalari bilan hamkorlik qilish istagida bo`lganlarni kooperasiya forumiga taklif qildi

2020 yilning 23 yanvar kuni “O`zavtosanoat” AJ Cooperation Lab avtomobil sanoati tarmoqlararo kooperasion forumini tashkil etadi, unda jihozlar, butlovchi detallar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar.

Forumdan ko`zlangan asosiy maqsad – avtomobil va boshqa sanoatlarida importni qisqartirish, mahalliy birlamchi xom ashyo va materiallardan foydalanishni o`zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliylashuvi darajasini oshirish, shuningdek tarmoqlararo kooperasiyani rivojlantirishdir.

O`zAvtoMarket innovasion maydonchasi hududida o`tadigan forum formati ochiq muloqot, muhokama, shuningdek mahalliylashtirish va O`zavtosanoat korxonalari bilan kooperasiya imkoniyatlari namoyishi tarzidagi potensial sheriklarning o`zaro muloqotini nazarda tutadi.

Avtomobilsozlik sanoati tarmoqlararo kooperasion forum davomida O`zAvtoMarket hududida ko`rgazma paviloni tashkil etiladi, unda O`zavtosanoat korxonalari va boshqa importchilar tomonidan O`zbekiston avtobozoriga import qilinadigan butlovchi detallar, xom ashyo va materiallar namoyon etiladi. Ushbu mahsulotlar O`zbekiston hududida, jumladan hozirda mavjud ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish imkoni bo`lgan hajmlar va yo`nalishlar namoyishi o`laroq taqdim etiladi.

Forumda barcha manfaatdor shaxslar, tadbirkorlar va O`zavtosanoat korxonalari bilan hamkorlik istagida bo`lganlar qatnashishlari mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1