AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Kichik halqa yo`lida BMW sodir etgan avariyada bir kishi halok bo`lgani ma`lum qilindi

7 fevral kuni Toshkent shahridagi Kichik halqa yo`lining «Farhod bozori»ga yaqin (xalq orasida «Archa ko`cha» deb nomlanadigan) qismida BMW avtomobili yirik yo`l-transport hodisasiga sabab bo`ldi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari ma`lum qilgan.

Suratlarga berilgan izohlarda aytilishicha, katta tezlikda kelayotgan BMW yo`nalishlarni ajratib turuvchi to`siq ustiga chiqib ketib, ikkita daraxtni sindirgan, keyin esa qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketgan hamda Captiva va boshqa bir necha mashina bilan to`qnashgan. BMW kamida to`rtta avtomobilga urilgani qayd etilgan. Captiva haydovchisi vafot etgani ma`lum qilingan. Ko`pchilik uning yoshi 65 da ekanligini qayd etgan. U voqea joyida yoki 16-shifoxonada vafot etgani aytilgan.

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Foydalanuvchilar ushbu yirik yo`l-transport hodisasiga sabab bo`lgan BMW haydovchisini qattiq tanqid ostiga olgan va uning muqarrar jazolanishi lozimligini ta`kidlagan. Ko`pchilik yo`llarga o`rnatilayotgan kuzatuv kameralari ishga tushishi bilan bunday holatlar kamayishiga umid bildirgan.

Hodisa yuzasidan rasmiy ma`lumot berilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar