Gvatemalada vulqon otilishi sababli aeroport yopib qo`yildi

Dunyo 09.02.2015, 09:02
Gvatemalada vulqon otilishi sababli aeroport yopib qo`yildi

7 fevralda Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi sodir bo`ldi, oqibatda xalqaro aeroport vaqtinchalik yopib qo`yildi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligiga tayangan holda kun.uz nashri xabar berdi.

Shuningdek, yaqin oradagi uylarda istiqomat qiluvchi 100ga yaqin kishi evakuasiya qilindi.

Ma`lumot uchun, Fuego vulqoni Gvatemala poytaxti Gavetamala shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan. Hozirda bir nechta parvozlar bekor qilindi. Aeroport xodimlari uchish-qo`nish yo`llarini kullardan tozaloshmoqda. Xabarlarga ko`ra, aeroport 8 fevral kunidan o`z ishini davom ettiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1