AsosiyDunyo

Yangi yil kuni mast bo`lib uxlab qolgan xonanda qilmishidan hamon uyalishini tan oldi

'Yangi yil kuni mast bo`lib uxlab qolgan xonanda qilmishidan hamon uyalishini tan oldi'ning rasmi

Rossiyalik xonanda Lolitta Yangi yil kuni ichib mast bo`lib qolgan va sharoblar to`la qutilar ustida uxlab qolgan.

Rossiyalik xonanda Lolita Milyavskayaning so`zlariga ko`ra, bu uning talabalik yillarida, Tambovda o`qiyotganda sodir bo`lgan. 31 dekabr kuni u restoranda yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan shouda kuylashi kerak bo`lgan.

“Yarim tun. Hamma charchagandi. Esimda, bir stakan venger sharobini ichib, o`sha erdagi qutilar ustida uxlab qolgandim ", - dedi Milyavskaya.

Ta`kidlanishicha, tashkilotchilar qo`shiqchini uyg`otishgan, Lolita sahnaga ham chiqqan, ammo mehmonlarni faqat Yangi yil bilan tabriklab, yana o`sha joyga borib uxlab qolgan.

"O`sha ishimdan hali hamon uyalaman", deb tan oladi Lolita.

    Boshqa yangiliklar