AsosiyDunyo

Iqlim o`zgarishiga moslashish rejasi oshkor qilindi

'Iqlim o`zgarishiga moslashish rejasi oshkor qilindi'ning rasmi

Rasmiy Kreml joriy yilning 4 yanvar kuni o`zining veb-saytida iqtisodiyotni va aholini iqlim o`zgarishiga moslashtirish rejasini e`lon qildi, deya xorij OAVga asoslanib xabar bermoqda Tarjumon. Bu reja  issiq haroratning zararini kamaytirishga, shuningdek, uning afzalliklaridan foydalanishga qaratilgan.

Hozirda Rossiya hududi sayyoraning boshqa joylariidan o`rtacha 2,5 marotaba tezroq isiyapti. Garchi Prezident Vladimir Putin haroratning ko`tarilishiga inson faoliyati sabab bo`lganini rad etsada, e`lon qilingan ikki yillik ushbu reja rus hukumati iqlim o`zgarishini rasman muammo sifatida tan olganidan dalolat beradi.

Unda to`g`on qurish, qurg`oqchilikka chidamli ekinlarni tanlash, shuningdek, inqirozga tayyorgarlik,  shu jumladan aholini favqulodda emlash yoki tabiiy falokat vaqtida ularni evakuasiya qilish kabi vaziyatlar yoritilgan.

Iqlim o`zgarishi aholi salomatligi va abadiy muzliklar  uchun xavf tug`diradi, infeksiyalar va tabiiy ofatlar ehtimolini oshiradi. Shuningdek,bu turli jonzotlarning odatiy yashash joylaridan chiqib ketishiga majbur qilishi mumkin.

Havo haroratining «ijobiy» oqibatlariga – sovuq mintaqalarda energiya iste`molining kamayishi, Shimoliy Muz okeanida qishloq xo`jaligi uchun yangi erlarning ko`payishi va navigasiya imkoniyatlari oshishi kiradi.

Rossiya hududi katta muzliklarni o`z ichiga olgani bois iqlim isishidan eng katta zarar ko`rishi mumkin bo`lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Rossiya o`tgan yilning sentyabr oyida Parij iqlim shartnomasini qabul qilgan.

    Boshqa yangiliklar